Maxfiylik siyosati
Ushbu sahifa LURA saytida, reklama formalarida va Telegram botida qoldirgan ma’lumotlaringiz qanday ishlatilishini tushuntiradi.
Qanday ma’lumot olamiz
Ism, telefon raqami, hudud va manzil — siz formani to‘ldirganingizda yoki biz bilan bog‘langaningizda. Shartnoma tuzilganda — shartnoma uchun zarur pasport ma’lumotlari.
Nima uchun ishlatamiz
Siz bilan bog‘lanish, suv filtri bo‘yicha maslahat berish, demo va o‘rnatishni tashkil qilish, shartnoma, to‘lov, kafolat va servis eslatmalari uchun.
Kimga beramiz
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi. Ular faqat xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul xodimlarimizga ko‘rinadi. Pasport ma’lumotlari shifrlangan holda saqlanadi.
Reklama va statistika
Saytda Meta (Facebook, Instagram) pikseli ishlatilishi mumkin — reklama samaradorligini o‘lchash uchun. U shaxsingizni aniqlamaydi.
Ma’lumotni o‘chirish
Ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash uchun “Kontaktlar” sahifasidagi telefon yoki Telegram orqali murojaat qiling.